Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Aliment uchun chet elga chiqishga qoʻyilgan taqiqni olib tashlash tartibi


        Aliment uchun chet elga chiqishga qoʻyilgan taqiqni olib tashlash tartibi

 

Aliment toʻlovchi ayrim shaxslarning bevosita daromad manbai chet elga chiqish, migratsiya bilan bogʻliq. Bunday hollarda chet elga chiqishga qoʻyilgan taqiqni alimentni oldindan toʻlash yoki aliment boʻyicha garov shartnomasini tuzish orqali olib tashlash mumkin.

Chet elga chiqishga taqiqni 2 ta usul bilan olib tashlash mumkin:

alimentni oldindan toʻlash;

aliment boʻyicha garov shartnomasini tuzish.

Aliment oldindan 5 yildan kam boʻlmagan muddatga toʻlanishi kerak. Bolalar voyaga yetgunigacha boʻlgan davr 5 yildan kam boʻlsa, alimentlarni oldindan toʻlash qolgan davr uchun amalga oshiriladi.

Alimentni toʻlashni garov bilan taʼminlash ham mumkin va bunda garov qiymati BHMning 250 baravari (85 mln soʻm)dan kam boʻlmasligi lozim. Har qanday mol-mulk (avtomobil, doʻkon, uy-joy, kvartira) garov boʻlishi mumkin.

Alimentni oldindan toʻlash yoki alimentni garov bilan taʼminlash uchun ijro hujjatini bergan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat qilinadi.

Arizaga MIB tomonidan berilgan aliment toʻlovlaridan qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, davlat ijrochisining oldindan toʻlash belgilangan alimentlar summasini hisoblash toʻgʻrisidagi qarori ilova qilinishi shart.

Aliment garov bilan taʼminlanganda esa garov shartnomasi ham ilova qilinishi kerak.

Bundan tashqari, arizada alimentni oyma-oy toʻlab borish uchun toʻsqinlik qiladigan obyektiv holatlar koʻrsatiladi (boshqa mamlakatga tashrif buyurish toʻgʻrisida taklifnoma, boshqa mamlakatda ishga tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq va h.k.).

Qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va davlat ijrochisining oldindan toʻlash belgilangan alimentlar miqdorini hisoblash toʻgʻrisidagi qarorini berish toʻgʻrisidagi ariza 7 ish kunida koʻrib chiqiladi.

Hujjatlarni qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda ariza 15 ish kunida koʻrib chiqilishi mumkin.

Oldindan toʻlash belgilangan alimentlar summasini hisoblash toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab bir oy muddat davomida amal qiladi, bu haqda qarorda koʻrsatiladi.

Garov shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanadi.

Aliment 2 oydan ortiq muddatda toʻlanmasa, undiruv garovga qoʻyilgan mulkka qaratiladi.

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti        B.B.Mavlonov