Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

VOYAGA YETMAGAN BOLANI HORIJGA OLIB CHIQISH VAQTIDA QANDAY HOLLARDA OTA-ONADAN BIRINING ROZILIGI TALAB ETILMAYDI?


VOYAGA YETMAGAN BOLANI HORIJGA OLIB CHIQISH VAQTIDA QANDAY HOLLARDA OTA-ONADAN BIRINING ROZILIGI TALAB ETILMAYDI?

Prezidentning 2018-yildagi PQ-4029-son qaroriga ilova qilib keltirilgan Nizomga asosan, Oʻzbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarosiga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish chogʻida quyidagi holatlarda ota-onadan birining roziligi talab qilinmaydi:

1) ota-onaning biri vafot etganda;

2) boquvchisi yolgʻiz ona boʻlgan hollarda;

3) bolaning ota-onasidan biri xorij fuqarosi boʻlganida;

4) ota-onadan biri sud tomonidan ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan, bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoxud muomalaga layoqatsiz deb topilganida;

5) ota-onadan birining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxati xorijga doimiy yashashga ketganligi munosabati bilan bekor qilinganida.

Yuqorida sanab oʻtilgan holatlardan biri Sizning holtingizga toʻgʻri kelsa farzandingizni sobiq turmush oʻrtogʻingizni roziligisiz chetga olib ketishingiz mumkin boʻladi. Hozir u bilan birga yashamayotganligingiz, nikohdan qonuniy tartibda ajralganligingiz, u hozirda boshqa oila qurib yashab yurganligi va hokazo sabablar bolani uning roziligisiz chetga olib ketishingizga asos boʻlmaydi.

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti        B.B.Mavlonov