Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqish tartibi...


Avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqish tartibi...

 

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 149-son qaroriga 1-ILOVA bilan tasdiqlangan "Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi toʻgʻrisida" NIZOMning 10- va 11-bandlariga koʻra, Transport vositasini ushlab turish sabablari bartaraf etilgandan keyin transport vositasini toʻxtash joyidan olib chiqishga “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali ruxsat beriladi.

Transport vositasini toʻxtash joyidan olib chiqishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xabar tegishli vakolatli davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan transport vositasi haydovchisiga axborot tizimlari orqali elektron yoki mobil telefonga qisqa xabar (SMS) tarzida, shuningdek, transport vositalarini olib kelish va saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxsga “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali yuboriladi.

- Transport vositasi haydovchiga (egasiga, egasining vakiliga) transport vositalarini olib kelish va saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxsga koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlangandan keyin tegishli vakolatli davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali berilgan ruxsatnoma asosida beriladi.

Transport vositalarini toʻxtash joylaridan berish kunu-tun amalga oshiriladi.

Agar sizning avtomashinada qilgan huquqbuzarligingiz suddan oldin bartaraf qilishning imkoni boʻlsa, masalan avtomobilingizga noqonuniy tanirovka oʻrnatgansiz siz uni sudgacha oʻsha kunning oʻzida bartaraf qildingiz bunday holatda qoidabuzarlik bartaraf qilingan hisoblanadi va sizning avtomobilingizni jarima maydonchasiga olib kirish noqonuniy hisoblanadi

 

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti        B.B.Mavlonov